Quyosh panellarini o'rnatishda birinchi texnik savol — qaysi tizim turini tanlash kerak? Bozorda uchta tur mavjud: tarmoq (on-grid), gibrid (hybrid) va avtonom (off-grid). Har biri turli muammolarni hal qiladi.
Har bir tur qanday ishlaydi
Tarmoq tizimi (on-grid)
Panellar elektr ishlab chiqaradi — invertor uni o'zgaruvchan tokka aylantiradi — siz uni bevosita ishlatasiz. Quyosh yetarli bo'lmaganda shahar tarmog'idan olasiz. Akkumulyator yo'q, shuning uchun eng arzon va o'zini tez qoplaydi. Kamchilik: toki o'chirilganda tizim ham to'xtaydi.
Gibrid tizim (hybrid)
Tarmoq tiziminig barcha imkoniyatlari + akkumulyator. Kunduz kuni panellar akkumulyatorni zaryadlaydi. Kechasi yoki tok o'chirilganda akkumulyatordan ishlaydi. Maksimal moslashuvchanlik — uzilishlardan mustaqil, lekin tarmoq bilan aloqa saqlanadi.
Avtonom tizim (off-grid)
Shahar tarmog'idan to'liq mustaqillik. Katta akkumulyator va quvvat zaxirasi talab qilinadi. Tarmoq umuman bo'lmagan joylarda oqlanadi — qishloqlar, fermerlik xo'jaliklari, uzoq ob'ektlar.
Taqqoslash jadvali
| Mezon | Tarmoq | Gibrid | Avtonom |
|---|---|---|---|
| Tok o'chganda ishlash | ❌ Yo'q | ✅ Ha | ✅ Ha |
| Akkumulyator | ❌ Yo'q | ✅ Bor | ✅ Katta |
| Narx (10 kVt) | ~$4 200 | ~$9 900 | ~$14 000+ |
| O'zini qoplash muddati | 3,5–5 yil | 7–10 yil | 12–15 yil |
| Kim uchun | Shahar, barqaror tarmoq | Biznes, uzilishlar ko'p | Uzoq ob'ektlar |
Qaysinisini tanlash kerak?
Tok kamdan-kam o'chsa — tarmoq tizimi eng tez o'zini qoplaydi. Uzilishlar biznesingizga ta'sir qilsa — gibrid tizim to'g'ri tanlov. Tarmoq umuman yo'q bo'lsa — avtonom tizim.
Bepul konsultatsiya
Mutaxassisimiz bepul chiqib, ob'ektingiz uchun eng mos variantni hisoblab beradi.
Ariza qoldiring — bir soat ichida bog'lanamiz.